Qoraqalpog‘istonda “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishni va’da qilib, 18,3 million so‘m pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, u fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali 17 nafar talabaga yordam berishini aytgan.
Hodisa DXX, IIB va Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.