Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida 20 yillik elektr energiyasi bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga ko‘ra, har 1 kVt/soat elektr energiyasi 3,4 sent narxda sotiladi. Narx har yili 1 foizga oshirib boriladi — bu jarayon ikkinchi yildan boshlanadi.
Elektr energiyasi asosan O‘zbekistonda taqchillik kuzatiladigan paytlarda, ikki davlat operatorlari kelishgan jadval asosida yetkazib beriladi.
Ro‘gun GЕS to‘liq ishga tushmaguncha, energiya faqat vegetatsion davr — 1 apreldan 30 sentyabrgacha yetkaziladi.
Bitim 20 yilga mo‘ljallangan. Agar tomonlar muddati tugashidan 6 oy oldin bekor qilish niyatini bildirmasa, u avtomatik tarzda yana 10 yilga uzaytiriladi.