Afsonaviy “To‘ylar muborak” filmi rejissyori Eduard Xachaturov 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Eduard Xachaturov ijodiy faoliyati davomida “Katta jang oldidan”, “To‘ylar muborak”, “Ilk yo‘lovchilar”, “Chegara hududi”, “Cho‘l”, “Yaxshi yigit”, “Har uchinchi”, “Ringga chorlamoqda” kabi filmlarni suratga olgan.