Hindistonning Aviatsiya hodisalarini tergov qilish byurosi (AAIB) 260 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘tgan oygi Air India samolyoti halokati yuzasidan hozircha hech qanday aniq xulosa chiqarilmaganini bildirdi.
AAIB rahbari GVG Yugandhar payshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda shunday dedi:
“Tergov hali yakuniga yetgani yo‘q. Iltimos, jamoatchilik va OAV voqeani erta xulosalar bilan talqin qilishdan tiyilsin. Bu tergov jarayonining xolisligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.”
Eslatib o‘tamiz, Boeing havo kemasi ishtirokidagi halokat Hindiston so‘nggi yillarda duch kelgan eng yirik aviatsiya fojialaridan biri bo‘ldi.
Holat yuzasidan tergov davom etmoqda. Hozircha fojianing sabablari haqida rasmiy xulosa yo‘q.