AsosiyDunyo

Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi odamlarni sudrab ketdi

Holat yuzasidan hozirda Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi odamlarni sudrab ketdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida Nexia-3 haydovchisi mashinani to‘xtatishga uringan ikki kishini sudrab ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 iyul kuni taxminan soat 14:30 larda Mirishkor tumanidagi oshxonada fuqarolar R.L. va K.S. bilan egasi E.I. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Mojarodan so‘ng R.L. va K.S. Nexia-3 rusumli avtomashina (haydovchi K.H.)ga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan. Shu payt E.I. va uning qarindoshlari avtomashinani to‘xtatishga harakat qilgan, biroq haydovchi harakatni davom ettirib, ularni mashina bilan sudrab ketgan.

Holat yuzasidan hozirda Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar