AsosiyJamiyat

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat yashirin guruh fosh etildi

Guruh rahbari Istanbulda maxsus "huxra"da diniy saboq olgan va shundan so‘ng otasini "kofir" deb e’lon qilgan.

'Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat yashirin guruh fosh etildi'ning rasmi

Namangan shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xalqaro terroristik tashkilot – “Islom Davlati Xuroson Viloyati” tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruhning faoliyati fosh etildi. Bu yashirin "jamoat"ni tashkil qilgan shaxs va uning a’zolari terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilib kelgani aniqlangan. Bu haqda DXXning axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, guruhning 16 nafar a’zosi yashagan manzillarda tintuv o‘tkazilib, 37 ta mobil telefon, 51 dona noshirligi ko‘rsatilmagan diniy adabiyot, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda bir nechta noutbuk va planshetlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ushbu guruh a’zolari xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolaridan o‘rgangan holda "jihad" va "shahidlik"ni targ‘ib qilib kelgan.

Shuningdek, guruh yetakchisi Telegram messenjerida 120 nafardan ortiq a’zoga ega virtual kanallar ochib, u yerda ekstremistik materiallar, “Islom Davlati” atributlari va radikal ruhdagi audio-video fayllarni tarqatgan. Ular yoshlarni “shariat hukmi” asosida jihodga undash va mamlakatda olib borilayotgan siyosiy hamda diniy islohotlarga qarshi norozilik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan.

Aniqlanishicha, guruh rahbari 2022 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida maxsus "hujra"da diniy saboq olgan. Bu jarayondan so‘ng uning qarashlari keskin o‘zgargan va hatto otasi uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirmoqchi bo‘lganda, otasini ham "kofir" deb e’lon qilgan.

Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol a’zosi ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan va ular qamoqqa olingan. Qolgan a’zolar bo‘yicha ham surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:55

    Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

    Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

    'Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:49

    Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar Chilontr tumani hokimiga senator so‘rovi yuborilgan.

    'Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:38

    Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi

    Korxonadan 102 litr yog‘ va 5,5 tonna chigit ashyoviy dalil sifatida olingan.

    'Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

    Bu borada prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

    'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:36

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi

    Ushbu vaqt mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari ham o‘zgaradi.

    'Bugun havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:22

    Bugun havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    19 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.