AsosiyJamiyat

Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi

Holat yuzasidan Toshkent shahar Chilontr tumani hokimiga senator so‘rovi yuborilgan.

'Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumanining 18 va 19-mavzelarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning podezdlar avariya holatidaligi, 1960 yillarda o‘rnatilgan yog‘och romlar hanuzgacha almashtirilmagani, devorlar bo‘yalmagani, oynalar singan va kanalizatsiya tizimi nosozligi aniqlangan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi nomiga senator so‘rovi yuborgan.

Xabarga ko‘ra, elektr tarmoqlari ham xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Elektr energiyasi uzilib qolgan taqdirda, aholining o‘zi mutaxassislarni yollab ta’mirlashga majbur bo‘lmoqda. 

Ushbu ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatayotgan "GRAND GREAT SILK ROAD SERVICE" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasining faoliyati tahlil qilinganda ular tomonidan barcha mulkdorlar bilan hali ham boshqaruv shartnomasi imzolanmagani aniqlangan. Bu esa qonunga zid hisoblanadi.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan moliyaviy va xo‘jalik faoliyati yuzasidan mulkdorlarga hisobot berilmagan, tegishli yig‘ilishlar o‘tkazilmagan. Bularning barchasi aholining kompaniyadan noroziligiga sabab bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar