AsosiyDunyo

Saudiyada 35 yoshli shahzoda vafot etdi

Shahzoda avtohalokatdan so‘ng 20 yil komada yotgan.

'Saudiyada 35 yoshli shahzoda vafot etdi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni hukmron oilasi shahzodalaridan biri Al-Valid bin Xolid bin Talal Ol Saud avtohalokatdan so‘ng qariyb 20 yil komada yotib, shanba kuni jon berdi. Ushbu ma’lumotni Podshohlik idorasi tasdiqlagan. Bu haqda Ria novosti yozmoqda

Umrining juda ko‘p vaqtini hushsiz o‘tkazgan marhumni mamlakatda “uxlayotgan shahzoda” deb atashgan. Ahyon-ahyon uning sog‘ayib borayotgani haqida mish-mish tarqalardi-yu, tasdiqlanmasdi.

- Shahzodaning dafn marosimi bugun Ar-Riyoddagi Imom Turkiy ibn Abdulloh masjidida o‘tadi, deyilgan bayonotda.

SPA agentligi yozishicha, 35 yoshli shahzodaning o‘limi haqida uning otasi Xolid bin Talal ijtimoiy tarmoq sahifasida ham yozgan. U 20 yil davomida hayot ulashuvchi moslamalarni o‘chirishdan bosh tortgan va o‘g‘lining komadan chiqishiga ishongan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eronda 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:30

    Eronda 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi

    Zilzila o‘chog‘i 7 km chuqurlikda joylashgan.

    'Ukraina va Rossiya yangi muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:08

    Ukraina va Rossiya yangi muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda

    Tomonlar hozirgacha Istanbulda ikki marta uchrashuv o‘tkazdi.

    'Yevropa davlatlari Eronni "javob choralari"dan qochish uchun yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga chaqirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:51

    Yevropa davlatlari Eronni "javob choralari"dan qochish uchun yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga chaqirmoqda

    Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya avgust oyi oxirigacha Eron yadroviy muzokaralarni tiklamasa va aniq natijalarga erishmasa, BMT sanksiyalarni tiklash bilan tahdid qildi.

    'YEI Rossiyaning 22 ta bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

    Dunyo 19.07.2025 22:25

    YEI Rossiyaning 22 ta bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

    Shuningdek, YEI Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 47,6 dollargacha pasaytirdi va "Shimoliy oqim" bilan har qanday bitimlarni taqiqladi.

    'Chexiya marixuanani qisman qonuniylashtirdi'ning rasmi

    Dunyo 19.07.2025 21:25

    Chexiya marixuanani qisman qonuniylashtirdi

    Ushbu o‘simlikni 3 tupgacha yetishtirishga ruxsat berildi.

    'Tramp "Epshteyn ishi" bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi'ning rasmi

    Dunyo 19.07.2025 19:14

    Tramp "Epshteyn ishi" bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi

    Tramp bu qadamni "demokratlarning yana bir yolg‘oniga barham berish uchun kerak", deb izohladi.