AsosiyJamiyat

Poytaxtda avtobus butunlay yonib ketdi

Hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

'Poytaxtda avtobus butunlay yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar FVBning bergan xabariga ko‘ra, bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:44 da Uchtepa tumanining Birlik mavzesida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar