AsosiyDunyo

Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?

2025 yilning iyun oyida Turkiyaning Egey sohillari va Istanbulda narxlar 2024 yilga nisbatan o‘rtacha 36 foizga oshgan.

'Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?'ning rasmi

Turkiya hanuzgacha nemis sayyohlari orasida mashhur yo‘nalish bo‘lib qolmoqda, biroq mehmonxonalar va restoranlardagi narxlar keskin oshgani tufayli Germaniyadan kelayotgan sayyohlar soni sezilarli darajada kamaygan. Bu haqda “Travel Data + Analytics” marketing tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib xabar berilmoqda.

Raqamlarga ko‘ra, 2025 yilning iyun oyida Turkiyaning Egey sohillari va Istanbulida narxlar 2024 yilga nisbatan o‘rtacha 36 foizga oshgan. Natijada Germaniyadagi sayyohlik agentliklari “Turk riverasi” yo‘nalishi bo‘yicha yozgi buyurtmalar sonining 10 foizga kamayganini qayd etmoqda.

Bu tendensiya Turkiya iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda — mamlakat yalpi ichki mahsulotining 13 foizi aynan turizm sohasiga to‘g‘ri keladi. Germany Trade & Invest agentligi vakili Katrin Pasvantisning aytishicha, turizm Turkiyada umumiy ovqatlanish, transport va chakana savdo tarmoqlarini harakatga keltiruvchi asosiy sohalardan biridir.

Ekspertlar fikricha, sayyohlar oqimining kamayishi fonida Turkiya iqtisodiyotida bir qator muammolar — zaif milliy valyuta, inflyatsiyaning sekin pasayishi va moliyaviy bozorlarda ishonchsizlik holatlari kuzatilmoqda. Bu esa mamlakatning xorijiy sarmoyadorlar oldidagi mavqeiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar