AsosiyDunyo

Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi

2024 yil yozida Yevropa Kengashi a’zolik bo‘yicha jarayonni de-fakto to‘xtatib qo‘ydi.

'Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi'ning rasmi

Yevropa parlamenti Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omil — mamlakatdagi hukumatning “avtoritar yo‘nalishi” va “adolatli saylovlarning yo‘qligi” ekanini rasman e’lon qildi. Bu haqda parlamentning rasmiy bayonoti ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida e’lon qilindi.

Unda qayd etilishicha, hozirgi sharoitda “Gruziyaning YEIga kirish yo‘li amalda muzlatib qo‘yilgan”. Parlament a’zolari “Gruziya xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini” bildirgan bo‘lsa-da, “mamlakatning amaldagi hukumatini tan olmasliklarini” ta’kidlashdi.

Gruziya 2022 yil mart oyida YEIga a’zolik uchun ariza topshirgan va oradan vaqt o‘tib, nomzod maqomini olgan edi. Ammo 2024 yil yozida Yevropa Kengashi a’zolik bo‘yicha jarayonni de-fakto to‘xtatib qo‘ydi. Sabab – mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun” va unga qarshi bo‘lgan ommaviy noroziliklarga qaramay hukumatning bosimni kuchaytirgani.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, so‘nggi parlament saylovlarini “soxtalashtirilgan” deya baholagan. Mazkur saylovda hokimiyatdagi “Gruzin orzusi” partiyasi g‘alaba qozongan edi.

Bu orada, Yevropa parlamenti Gruziya hukumati YEIga intilishda jiddiy bo‘lsa, adolatli va erkin saylovlar o‘tkazishga majbur, deya eslatmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron: Rossiya emas, Xitoy quroli afzal ko‘rilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:36

    Eron: Rossiya emas, Xitoy quroli afzal ko‘rilmoqda

    Eron Isroil bilan 12 kunlik mojaro ortidan o‘z harbiy salohiyatini tiklashga kirishdi.

    'Ozarbayjon yo‘li: Markaziy Osiyo ham Rossiyasiz harakat qiladimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:45

    Ozarbayjon yo‘li: Markaziy Osiyo ham Rossiyasiz harakat qiladimi?

    Ozarbayjonning Rossiyaga qaram bo‘lmagan, lekin G‘arbga ham to‘liq yon bermaydigan mustaqil siyosati so‘nggi yillarda jiddiy e’tibor qozonmoqda.

    'Erdo‘g‘an: “Ahmad Sharani yolg‘iz qoldirmaymiz”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:17

    Erdo‘g‘an: “Ahmad Sharani yolg‘iz qoldirmaymiz”

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya qo‘shni davlatda barqarorlik tiklanishidan manfaatdor.

    'Putin Hindistonga nega bormoqchi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:08

    Putin Hindistonga nega bormoqchi?

    Putinning Hindistonga so‘nggi tashrifi 2021 yilda amalga oshirilgandi.

    'Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:43

    Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi

    Muzokaralar samara bermasa, armiyaning keng qamrovli harbiy operatsiyasi boshlanishi mumkin.

    'AQSH noqonuniy muhojirlar uchun yangi chodir hibsxonalarini quradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:35

    AQSH noqonuniy muhojirlar uchun yangi chodir hibsxonalarini quradi

    Hozirda 200 dan ortiq immigratsiya hibsxonasi mavjud.