AsosiyDunyo

Turkiya sohillarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

Shifokorlar kurortlarda dam olayotgan sayyohlarni vibrio jinsiga mansub xavfli bakteriyalar yuqishi ehtimolidan ogohlantirgan.

'Turkiya sohillarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi'ning rasmi

Global isish tufayli dengiz suvi harorati oshib, inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi mikroorganizmlar tez ko‘paymoqda. Baltikadan tortib Shimoliy dengizgacha tarqalgan vibrio bakteriyalari endi Turkiya sohillarida ham uchrayapti. Bu haqida Turkiyaning Milliyet nashri xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, issiq dengiz suvida ko‘payadigan mazkur zararkunandalar ochiq yaralar orqali organizmga kirib, o‘limga olib keluvchi infeksiyalarni hosil qilishi mumkin.

Istanbul Florence Nightingale kasalxonasi urologi Ugur Aferin yozgi mavsumda dengizga tushayotgan odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Uning aytishicha:

Vibrio bakteriyalari issiq va sho‘r suvda ko‘payadi. Ayniqsa, uning vibrio cholera deb nomlangan turi iflos dengiz suvi yutilishi orqali oshqozon-ichak tizimiga tushib, og‘ir diareya va suvsizlanishga sabab bo‘ladigan vaboni keltirib chiqaradi. Turkiyada vaboga uchrash holatlari kam bo‘lsa-da, xavf butunlay yo‘q deb bo‘lmaydi”, – deydi u.

Aferinning ta’kidlashicha, vibrio vulnificus kabi turlar teriga tushganda to‘qima infeksiyalari, ayrim hollarda esa “go‘sht yeyuvchi bakteriya” nomi bilan tanilgan og‘ir xastalik – nekrotik fasiit kabi o‘limga olib keluvchi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin”.

Shifokor dengiz mahsulotlarini iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi:

"Xom chig‘anoq kabi mollyuskalar orqali yuqadigan vibrio parahaemolyticus qorin og‘rig‘i, qusish, diareya va isitma kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Immuniteti zaif bo‘lgan odamlarda bu infeksiya qon orqali butun tanaga tarqalib, sepsisga aylanish ehtimoli bor”, – dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, vibrio vabosi bakteriyasi bilan zararlangan bemorlarning aksariyatida infeksiya hech qanday alomatlarsiz kechadi. Shunga qaramay, bakteriyalar najas orqali bir kundan o‘n kungacha tanadan ajralishda davom etadi.

Kasallik belgilari odatda organizmga bakteriya tushganidan so‘ng 12 soat ichida yoki 5 kungacha bo‘lgan muddatda paydo bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda alomatlar yengil yoki o‘rtacha og‘irlikda kechadi. Biroq ayrim hollarda kasallik og‘ir diareya va hayot uchun xavfli darajada tananing suvsizlanishi bilan kechadi.

Shifokorlar mazkur bakteriyalardan organizmni asrash uchun dengizga borgandan keyin dush qabul qilish, ho‘l bo‘lgan suzish kiyimida uzoq vaqt yurmaslik, ochiq yarani suv o‘tkazmaydigan bandaj bilan bog‘lash yoki bunday vaziyatda sohilga bormay turish, xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, peshob chiqarish zaruratini kechiktirmaslikni tavsiya etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyada muhojirlarga qarshi kayfiyat kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:16

    Yaponiyada muhojirlarga qarshi kayfiyat kuchaymoqda

    Yaponiya parlamenti yuqori palatasidagi saylovlarda hukmron koalitsiya ko‘pchilik o‘rnini boy berdi.

    'Ozarbayjon sudga murojaat qilsa, Rossiya kutishga tayyor — Peskov'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:44

    Ozarbayjon sudga murojaat qilsa, Rossiya kutishga tayyor — Peskov

    Kreml Ozarbayjondan xalqaro sudga da’vo tushsa, rasmiy hukmni kutishga tayyor ekanini bildirdi.

    'AQSH Yevropani Rossiyaga qarshi yangi tariflarda o‘z yoniga chaqirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:42

    AQSH Yevropani Rossiyaga qarshi yangi tariflarda o‘z yoniga chaqirmoqda

    Mazkur bayonot Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan yangi iqtisodiy choralar muhokamasi fonida yangradi.

    'AQSH vakili: “Lukashenko bilan kechki ovqatda aroq ichganmiz, siyosiy mahbuslar haqida gaplashdik”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:40

    AQSH vakili: “Lukashenko bilan kechki ovqatda aroq ichganmiz, siyosiy mahbuslar haqida gaplashdik”

    Ushbu uchrashuv Trampning tashqi siyosatdagi yondashuvi o‘zgarganining belgisi sifatida baholagan.

    'Yevropa: “Agar urush bo‘lsa – kurashamiz”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:33

    Yevropa: “Agar urush bo‘lsa – kurashamiz”

    AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi avj olmoqda.

    'Polshada “qora oltin” topildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:25

    Polshada “qora oltin” topildi

    Svinouysse oroli yaqinidagi quduqlarda 22 million tonna neft va 5 milliard kub metr gaz aniqlangan.