AsosiyDunyo

AQSH vakili: “Lukashenko bilan kechki ovqatda aroq ichganmiz, siyosiy mahbuslar haqida gaplashdik”

Ushbu uchrashuv Trampning tashqi siyosatdagi yondashuvi o‘zgarganining belgisi sifatida baholagan.

'AQSH vakili: “Lukashenko bilan kechki ovqatda aroq ichganmiz, siyosiy mahbuslar haqida gaplashdik”'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Trampning vakili o‘rinbosari Jon Koel Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazgan uchrashuv tafsilotlarini ochiqladi.

Politico yozishicha, bu uchrashuv kechki ovqat vaqtida, aroq ustida bo‘lgan.

“Men ikkita stakan ichdim, lekin uchinchisidan bosh tortdim”, — degan Koel. Uchrashuv chog‘ida siyosiy mahbuslarni ozod qilish masalasi muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, 21 iyun kuni Lukashenko 14 nafar siyosiy mahbusni afv etdi, ular orasida 2020-yilgi norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri Sergey Tixanovskiy ham bor.

Politico bu uchrashuvni Trampning tashqi siyosatdagi yondashuvi o‘zgarganining belgisi sifatida baholagan.

    Boshqa yangiliklar