Yaponiya parlamenti yuqori palatasidagi saylovlarda hukmron koalitsiya ko‘pchilik o‘rnini boy berdi. Biroq, ultramillatchi “Sanseyto” partiyasi katta yutuqqa erishdi. Partiya muhojirlar siyosatini keskinlashtirish tarafdori.
Ekspertlarga ko‘ra, xorijlik turistlarning tartibsiz xatti-harakatlari, ayniqsa, Airbnb orqali ijaraga olingan uylarda yashab, mahalliy tartib-qoidalarga rioya qilmasligi fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
“Sanseyto” rahbari Sohey Kamiya: “Yaponiyaliklar o‘z imkoniyatlari bilan rivojlanishi kerak. Qoidaga bo‘ysunadiganlarga joy bor, lekin e’tiborsizlarga emas,” — deydi.
Mutaxassislar fikricha, mamlakatda iqtisodiy tushkunlik, inflyatsiya va tashqi savdodagi xavotirlar fonida xorijliklarga nisbatan salbiy munosabat kuchaymoqda.