AsosiyDunyo

Ukrainaning Odesa va Suma shaharlari hujumga uchradi

Dron zarbalari oqibatida 13 kishi jarohatlangan.

'Ukrainaning Odesa va Suma shaharlari hujumga uchradi'ning rasmi

Ukrainaning Odesa va Suma shaharlariga 22 iyulga o‘tar kechasi dronlar va boshqariluvchi aviabombalar bilan hujum uyushtirildi.

Odesa meri Genadiy Truxanovga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar va ma’muriy binolarning oynalari sinib, avtomobillar yonib ketgan.

Sumada esa viloyat harbiy administratsiyasi 12 kishi jarohat olgani, ularning biri – 24 yoshli yigitning ahvoli og‘ir ekanini bildirdi.

Shuningdek, savdo markazi, 5 ta ko‘p qavatli uy va 18 ta avtomobilga zarar yetgan.

    Boshqa yangiliklar