Tramp AQSHni UNESCO‘dan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
"Prezident Donald Tramp Amerika xalqi noyabr oyida ovoz bergan sog‘lom fikr va siyosatga mutlaqo zid bo‘lgan, ziddiyatli va adovat uyg‘otuvchi madaniy hamda ijtimoiy masalalarni qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilot — UNESCO‘dan Qo‘shma Shtatlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi", — dedi Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Anna Kelli.
The New York Post nashriga ko‘ra, Oq uy ushbu tashkilot pozitsiyasini antiamerika, antisionistik, xitoyparast deb hisoblaydi, shuningdek, uning “xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik” siyosatidan norozi.
UNESCO — bu BMT agentligi bo‘lib, butun dunyoda madaniy merosni himoya qilish, ta’lim, fan va erkin ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.