Tramp Obama hibsga olinishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Barak Obamaning Oq uyda hibsga olinishi tasvirlangan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni e’lon qildi. Ushbu videoda "Hech kim qonundan ustun emas", degan yozuvni ko‘rish mumkin.
O‘tgan haftada AQSH Milliy razvedkasi hisobot taqdim etdi. Unga ko‘ra, Obama ma’muriyati 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan avval ham, keyin ham Rossiya kiberhujumlar orqali saylov natijalariga ta’sir o‘tkazmaganini bilgan, ammo bu ma’lumotni yashirgan va “saylovga Rossiyaning aralashuvi” mavzusini Trampni obro‘sizlantirish uchun ishlatgan.