Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 16 iyul kuni 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli qoramollarni boshqa hududdagi yer uchastkasidan yashash uyiga haydab kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda qoramollardan biri uyi oldida o‘ynab yurgan 2 yoshli bolani va uni himoya qilishga uringan onasini suzgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ona o‘rtacha og‘ir, bola esa yengil tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarga 18 iyul kuni uyga ruxsat berilgan, ular hozirda ambulator davolanishni davom ettirmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.