AsosiyJamiyat

Prezident maktablariga kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Bu yilgi imtihonlarda bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

'Prezident maktablariga kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi'ning rasmi

O‘zbekistonda prezident maktablariga kirish imtihonining 1-bosqich natijalari chiqdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Bugun, 23 iyul kuni Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti 6 iyulda o‘tkazilgan imtihon natijalarini e’lon qildi. Saralash jarayoni test sinovlari asosida tashkil etilgan. Natijalar hududlar kesimida taqdim etilgan. Prezident maktabiga kirish uchun imtihon topshirgan nomzod Cambridge saytiga kirgan holda identifikatorni qidirishi kerak.

Natijalar reyting tartibida yuqoridan pastga qarab ko‘rsatiladi. Ko‘k rangda ko‘rsatilgan nomzodlar prezident maktablariga kirish bo‘yicha asosiy test sinovlariga o‘tadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Imtihondan o‘tish uchun 130 daqiqa vaqt ajratiladi:

  • matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
  • ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Talabgor imtihonga ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan kelishi kerak.

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin. Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, bu yil prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi 49 ming 924 nafar talabgor hujjat topshirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.