AsosiyDunyo

Surxondaryodagi davlat qo‘riqxonasiga o‘t ketdi

5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

'Surxondaryodagi davlat qo‘riqxonasiga o‘t ketdi'ning rasmi

Bugun, 23 iyul kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:52 da FVBga 112 tizimi orqali Sherobod tumani “Qizilolma” MFY hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan. FVVga ko‘ra, yong‘in hali bartafar qilinmagan. Hozirda yong‘in o‘chirilmoqda. Ushbu yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

    Boshqa yangiliklar