AsosiyDunyo

Kreml: Putin va Zelenskiy uchrashuvi faqat jiddiy tayyorgarlikdan keyin mumkin

Kreml Kiyevning avgust oxirigacha uchrashuv o‘tkazish taklifiga ehtiyotkorona munosabat bildirdi.

'Kreml: Putin va Zelenskiy uchrashuvi faqat jiddiy tayyorgarlikdan keyin mumkin'ning rasmi

Rossiya matbuot kotibi Dmitriy Peskov Istanbulda o‘tgan so‘nggi muzokaralarni izohlab, ikki davlat yetakchilari uchrashuvi ehtimoli faqat mazmunli muzokaralardan keyin ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Kreml Kiyevning avgust oxirigacha uchrashuv o‘tkazish taklifiga ehtiyotkorona munosabat bildirdi.

Rossiya va Ukraina Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvi faqat mazmunli va puxta tayyorlangan muzokaralardan keyin amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 24 iyul kuni bayonot berdi.

U Istanbulda kecha bo‘lib o‘tgan muzokaralarning uchinchi raundini sharhlar ekan, Rossiya bu galgi uchrashuvdan katta natijalar kutmaganini, biroq gumanitar masalalarni muhokama qilinishi va ishchi guruhlar yaratish tashabbusini ijobiy baholayotganini ta’kidladi.

Peskovga ko‘ra, Kreml konstruktiv va mazmunli kun tartibini ilgari surmoqda, ammo Putin va Zelenskiy uchrashuvini avgust oxirigacha tashkil etish qiyin bo‘lishi mumkin — bu jarayon jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi.

Shuningdek, Peskov Rossiya harbiylari Ukraina bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rayotganini, shuningdek, Ukraina hududida garovda qolayotgan tinch aholining taqdiri borasida xavotirda ekanini bildirdi.

AQSH bilan munosabatlarga to‘xtalar ekan, u Vashington bilan aloqalarni kerak bo‘lsa tezda tiklash mumkinligini aytdi. Biroq Putin-Tramp uchrashuvi bo‘yicha hali aniq reja yo‘qligini ma’lum qildi.

Avvalroq, Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Kiyev Putinga avgust oxirigacha uchrashuv o‘tkazishni taklif qilganini bildirgandi. Shu bilan birga, The Times nashri Donald Tramp sentabrda Xitoyda Putin bilan uchrashishi mumkinligini yozgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 22:04

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi

    Migrantga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hibsga olingan.

    'Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 21:23

    Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi

    Bu tashabbus ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti.

    'Saratovda ko‘p qavatli uy portladi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 20:48

    'Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 17:53

    Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi

    Rossiya Checheniston rahbarligidagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.

    'Turkiyada neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 10:57

    'Yuriy Dud davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 10:33

    Yuriy Dud davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda

    Jurnalist 20 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilindi.