"Tesla" kompaniyasi 2024 yilning ikkinchi choragida 300 million dollar yo‘qotdi. Bunga sabab — AQSH tomonidan import qismlar va akkumulatorlarga qo‘yilgan yangi bojlar. Kompaniyaning sof foydasi 16 foizga tushib, 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Elektromobil savdolari esa 12 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Kaliforniya shtatida bu ko‘rsatkich 20 foizgacha yetgan.
DW manbalariga ko‘ra, Tramp bilan ochiq mojaro sababli AQSH hukumati Maskning xAI va SpaceX kompaniyalari bilan davlat shartnomalarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Pentagon ilgari xAI bilan 200 million dollarlik shartnoma imzolagani, “SpaceX” esa “Oltin gumbaz” PVO tizimini ishlab chiqish bo‘yicha muhim rol o‘ynashi kutilgan edi.