AsosiyDunyo

Fransiya Falastinni rasman tan oladi — Makron

Parij sentyabr oyida rasmiy bayonot e’lon qiladi.

'Fransiya Falastinni rasman tan oladi — Makron'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakati Falastin davlatini tan olishga qaror qilganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi rasmiy bayonot 2025 yil sentyabrida e’lon qilinadi. Makron bu qarorni Yaqin Sharqdagi tinchlik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash deb atadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar dunyoning 140 dan ortiq davlati Falastin davlatini tan olgan.

Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida esa bu borada yakdil fikr mavjud emas. Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya 2024 yilda Falastinni tan olganini e’lon qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar