AsosiyDunyo

Jinoyat uchun qamalgan rossiyalik generalga orden berildi

Zaporoje viloyatida xizmat qilgan sobiq general Popov mukofotlandi – u hozirda koloniyada jazo o‘tamoqda.

'Jinoyat uchun qamalgan rossiyalik generalga orden berildi'ning rasmi

Rossiya 58-armiyasi sobiq qo‘mondoni, general Ivan Popov hibsda bo‘lishiga qaramay, “Zaporoje oblasti oldidagi xizmatlari uchun” I darajali orden bilan taqdirlandi. Mukofotni bosib olingan hududdagi Rossiya tayinlagan “rahbar” Yevgeniy Balitskiy topshirgan.

Unga ko‘ra, Popov 2023 yil yozida Ukraina qarshi hujumini qaytarishda “jasorat va professionallik” ko‘rsatgan.

Ammo Popov 2024 yil bahorida 1700 tonna metall mahsulotini talon-toroj qilishda ayblanib, 5 yilga qamaldi va unvonidan mahrum qilindi. U sud jarayonida jangovar zonaga qaytishga ruxsat so‘ragan, biroq bu iltimos rad etilgan.

    Boshqa yangiliklar