AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YTH oqibatida bir qiz halok bo‘ldi

Haydovchi sud hukmiga ko‘ra, 5 yilga ozodlikdan hamda 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

'Surxondaryoda YTH oqibatida bir qiz halok bo‘ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 27 yoshli Nexia 2 avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda MY5 telekanalida xabar berildi.

Bildirilishicha, haydovchi yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lishiga qaramay, tezlikni kamaytirmagan. Natijada piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizchani o‘limiga sabab bo‘lgan. Marhumaning onasi suddan haydovchiga nisbatan og‘irroq jazo berishlarini so‘ragan.

“Yuk mashinasi bilan yonma-yon kelgan paytimda uning orqasidan bir bola yugurib chiqdi, tormoz bosdim, lekin odamga tegib bo‘lgandim”, — deydi haydovchi.

Sud hukmiga ko‘ra endi u 2 yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarishdan va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

    Boshqa yangiliklar