AsosiyJamiyat

Toshkentda noqonuniy sigaret sotgan fuqaro qo‘lga tushdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda noqonuniy sigaret sotgan fuqaro qo‘lga tushdi'ning rasmi

Poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida elektron tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. U.X. fuqaro M.Q.ga xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi 255 dona elektron tamaki mahsulotlarini 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar