Bugun 1-avgust kuni soat 13:30 larda Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Choshtepa ko‘chasida 9 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Poytaxt YXHB xabar berdi.
Unga ko‘ra, IVECO, Captiva, 2 ta Lacetti, Spark, Onix, Malibu-2, Cobalt, Hyundai, Tracker-2 rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi yuk transport vositasi haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan. Ammo hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.