Kecha, 31 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasiga uchuvchisiz apparatlardan foydalanish rejalashtirilayotgani aytildi.
Ma’lum qilinishicha, kuz faslida mamlakarga 100 dan ziyod zamonaviy dronlar olib kelinga hamda xususiy sektorlar jalb qilinib fermerlar ular yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bundan tashqari, majlisda somonpoyalarni yoqishga chek qo‘yish va uning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi aytildi. Vazir va hokimlarga kadastr, noruda konlari, o‘rmon va yaylov yerlari bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va tahlil qilish vazifasi yuklatildi.