AsosiyDunyo

Gazoda yordamga muhtoj aholiga o‘q uzildi

Kamida 10 kishi halok bo‘lgani aytildi.

'Gazoda yordamga muhtoj aholiga o‘q uzildi'ning rasmi

Gazo sektorida isroilliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Gaza Gumanitar Fondi (GGF) yordam markazlari yaqinida Isroil harbiylari yana o‘q uzdi. Mahalliy guvohlar va sog‘liqni saqlash xodimlarining xabar berishicha, shanba kuni ro‘y bergan hodisalarda kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Ushbu hodisa AQSh rasmiylari GGF markaziga tashrif buyurib, tizimni "ajoyib yutuq" deb ataganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. GGF AQSh ko‘magida may oyida ishga tushirilgan bo‘lib, Isroil tomonidan BMT o‘rniga tanlangan muqobil yordam tizimi hisoblanadi.

So‘nggi kunlarda Gazoda oziq-ovqat tanqisligi yana kuchaygan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, maydan iyul oxirigacha GGF markazlari atrofida 859 kishi halok bo‘lgan. Boshqa tarafdan, Isroil armiyasi va GGF voqealar yuz bergan joyda ularning ishtiroki bo‘lganini rad etmoqda.

Shu bilan birga, Gazo sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida oziq-ovqat yetishmovchiligi sababli 7 falastinlik, jumladan bir bola vafot etganini bildirdi. Urush boshlanganidan beri 93 bola va 76 katta yoshli kishi ochlikdan halok bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar