AsosiyBu qiziq

Endi ChatGPT ning 5-modeli chiqadi (mi?)

ChatGPT dunyoning tez o‘sayotgan ilovalaridan biriga aylandi.

'Endi ChatGPT ning 5-modeli chiqadi (mi?)'ning rasmi

OpenAI sun'iy intellekt kompaniyasi ChatGPTning 5-modelini foydalanuvchilarga taqdim etish arafasida. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yangi model ikki nafar foydalanuvchi bilan sinovdan o‘tkazilgan. GPT-5 GPT-4 dan keskin farq qilmagan. Model oldingilaridan farqli tarzda, fan, kod yozish hamda matematik masalalarni yechishda yaxshiroq ekani aytilgan.

Hozirda 300 milliard dollarga baholanayotgan va Microsoft tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanayotgan OpenAI masshtab borasida muammolarga uchramoqda. Ya’ni OpenAI ma’lumotlarning cheklanishiga duch kelgan.

OpenAI GPT-5 modelining qachon chiqarilishini aniq e’lon qilmagan. Biroq bu istalgan kuni sodir bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, OpenAI 2022 yilda dunyoni ChatGPT sun'iy intellekti bilan tanishtirdi. Bu model insondak matn va she’r yozish qobiliyati bilan foydalanuvchilarni hayratga soldi va tarixdagi eng tez o‘sayotgan ilovalardan biriga aylandi.

    Boshqa yangiliklar