Italiyaning Piyedmont okrugida bir yilga yaqin vaqt davomida bedarak yo‘qolgan 64 yoshli shifokor Nikola Ivaldoning jasadi sun’iy intellekt yordamida topildi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Bildirilishicha, Italiya Milliy Alp va G‘or qutqaruv xizmati 1 yil davomida Nikola Ivaldonini qidiruv ishlarini olib borgan. Ammo natija bo‘lmagach, zamonaviy dronlar jalb etilgan.
2 ta dron 29 iyul kuni 5 soat mobaynida Piyedmont okrugidagi o‘rmon hududlarini kuzatgan. So‘ngra qutqaruvchilar bu tasvirlarni SIga yuklagan va natijada darhol "shubhali nuqtalar" aniqlandi.
Yomg‘ir va tuman sabab qutqaruv ishlari kechikkan bo‘lsa-da, 31 iyul kuni jasod mutaxassislar va dronlar yordamida topilgan. Qutqaruvchilar fikricha, suratlarni ularning o‘zlari tahlil qilganida bu jarayon haftalar yoki oylarga cho‘zilishi mumkin edi.