O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida mazkur shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan vaqtida diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan va o‘z safarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollash hisobidan kengaytirish bilan shug‘ullangan.
Ular yashirin yig‘ilish tashkil etib, Telegram messenjeri orqali videokonferensiya yo‘li bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvchi doktrina asosida tizimli o‘qitish va terrorchilik tashkilotiga jalb qilish ishlari amalga oshirilgan. Ularning bu faoliyati xorijdagi g‘oyaviy maslakdoshlari tomonidan muvofiqlashtirib borilgan.
To‘plangan materiallar asosida Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXH tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan shu jamoating yana 2 nafar a’zosi qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, bu shaxslar ham Rossiyadagi yashirish jamoati a’zolari tomonidan telegram messenjerida tashkil etilgan virtual guruhlarga a’zo bo‘lib, XTT ning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yog‘rilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgartirishni targ‘ib qiluvchi materiallarini tarqatib kelgan.
Shuningdek, ularning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik g‘oyalari bilan yog‘rilgan adabiyotlar, 2 ta flesh xotira va 1 ta xorijiy davlatga tegishli bo‘lgan sim karta daliliy ashyolar sifatida olindi hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Hozirda hibsga olingan shaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.