Universitet ma’lumotiga ko‘ra, tilga olinayotgan talabalar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi Privoljsk tibbiyot tadqiqot universitetida o‘qishni davom ettirmoqda. Bu hududda harbiy holat e’lon qilinmagan.
TDTU rahbariyati PIMU bilan alohida yotoqxona ajratish, hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Oliy ta’lim muassasasi yolg‘on axborot tarqatayotgan shaxslar faktlarni buzib, jamoatchilikni chalg‘itishga urinayotganini ta’kidladi hamda OAV va fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.