AsosiyDunyo

Oq uy Trumpni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surdi

AQSh prezidenti Tinchlik bo‘yicha nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi.

'Oq uy Trumpni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surdi'ning rasmi

Oq uy 12 avgust kuni rasmiy Instagram sahifasida Donald Trump nomzodini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surgani haqida ma’lum qildi. E’lonnda "Prezident Donald Trump – tinchlik Prezidenti" degan jumla keltirilgan.

Trump nomzodini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Kambodja Bosh vaziri Hun Manet, Gabon Prezidenti Brays Oliji Ngema, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Ruanda Tashqi ishlar vaziri Olive Nduhirahe hamda Pokiston hukumatlari bor.

Ma’lum qilinishicha, Kambodja Bosh vaziri ilgari Trump nomzodini Nobel qo‘mitasiga rasmiy xat orqali taqdim etgan.

    Boshqa yangiliklar