AsosiyDUNYO

Putin Zelenskiy bilan uchrashuvni rad etdi

Putin “quruq gaplar bilan vaqt yo‘qotish”ga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

'Putin Zelenskiy bilan uchrashuvni rad etdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning urushni to‘xtatish bo‘yicha taklif etilgan shaxsiy uchrashuvini rad etdi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘z yuritdi.

Putinning aytishicha, Zelenskiy yuborgan maktubda “takabburlik elementlari” bor va uning mazmuni qoniqarsiz bo‘lgan. U, shuningdek, uchrashuvdan maqsad faqat aniq kelishuvlar bo‘lishi kerakligini, “quruq gaplar bilan vaqt yo‘qotish”ga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

Rossiya yetakchisi Ukraina tomonini Konstitutsiyadan tashqari hokimiyatni ushlab turishda ayblab, saylovlar masalasiga ham e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala jiddiy siyosiy ahamiyatga ega.

Zelenskiy esa Telegram orqali bildirgan munosabatida Rossiya yana urush yo‘lini tanlayotganini, bu esa xalqaro hamjamiyatda umidsizlik uyg‘otayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Rossiyaga bosim kuchaytirilishi kerak.

Tomonlar bayonotlari fonida urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar istiqboli yana savol ostida qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 11:20

    Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi

    Gumonlanuvchilar Shengen vizasi uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun esa yana 2 ming yevrodan haq olgan.

    'Hindistondagi yong‘inda 13 nafar xorijlik, jumladan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan'ning rasmi

    DUNYO Bugun 06:03

    Hindistondagi yong‘inda 13 nafar xorijlik, jumladan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan

    Ushbu hodisa oqibatida 20 dan ortiq xorijlik turli darajada jarohat olgan.

    'AQSh va Eron Fors ko‘rfazida zarbalar almashdi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:50

    AQSh va Eron Fors ko‘rfazida zarbalar almashdi

    AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘oziga uchirilgan Eronning to‘rtta bir yo‘nalishli hujum dronini urib tushirgan.

    'Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi'ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 16:38

    Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi

    Putinning aytishicha, mazkur xatni unga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ko‘rsatgan.

    ''ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 10:56

    ''ning rasmi

    DUNYO 05.06.2026 10:36