AsosiyJamiyat

Qachondan poytaxtda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshishi aytildi

Tariflar aholi uchun 15 foiz, yuridik shaxslar uchun 40 foiz, byudjet tashkilotlari uchun esa 19 foizga oshishi mumkin.

'Qachondan poytaxtda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshishi aytildi'ning rasmi

Toshkentda 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari oshishi rejalashtirilyabdi. Bu haqda xalq deputatlari shahar kengashining 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Veolia Energy Tashkent bosh direktori Sevara Pardayevaga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.

Bildirilishicha, tariflar aholi uchun 15 foiz, yuridik shaxslar uchun 40 foiz, byudjet tashkilotlari uchun esa 19 foizga oshishi mumkin. 

Poytaxt aholisi bazaviy tarifning atigi 18 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar byudjetidan subsidiyalar shaklida qoplanadi. Hukumat 2030 yilgacha issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun subsidiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtiryapti.

Veolia Energy Toshkent kelgusi besh yil ichida tariflarni 100 foiz iste’molchilar to‘lashiga erishishni maqsad qilgan. 

Ayni paytda ko‘p qavatli turar joylarda yashovchi aholi uchun chakana savdo tarifi 121 617 so‘m/Gkalni (QQSsiz) tashkil qiladi. Takliflar ma’qullansa, narx 139 ming so‘mgacha oshadi.

«Yuridik korxonalar to‘lamagan ulushni byudjet korxonalari to‘lab beryapti. Bu ham yana davlatning yelkasiga tushayotgan yuk. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, bizda davlat korxonalaridagi tarif bilan yuridik shaxslar tarifi o‘rtasidagi tafovut judayam kattalashib ketgan. Butun respublikada bir xil deb hisoblanadi. Misol uchun, respublikaning boshqa hududlarida 500 000 so‘m bo‘lsa, davlat korxonasi ham 500 000 so‘mdan to‘laydi, sartaroshxona ham 500 000 so‘mdan to‘laydi. Lekin bizda hozir tafovut judayam katta. Joriy tarifimiz bo‘yicha, davlat korxonalari bir gigakaloriya uchun 801 000 so‘m to‘laydi, yuridik shaxslar esa 241 000 so‘m», — deya ta’kidlagan u.

O‘tgan yili kompaniya yuridik shaxslar uchun tariflarni 50 foizga oshirishni taklif qilgan, biroq bu taklif qabul qilinmagan va 15 foiz oshirish bilan cheklanilgan.

Yangi tariflar tasdiqlansa, yuridik shaxslar uchun narx 342,3 ming so‘mgacha, byudjet tashkilotlari uchun esa 954,3 ming so‘mgacha oshadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:41

    'Surxondaryoda "zapravka" portlab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:31

    Surxondaryoda "zapravka" portlab ketdi

    Hozirda chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    'Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi

    Sobiq deputat usbu masala bo‘yicha hozircha jamoatchilikka izoh bergani yo‘q.

    'Poytaxtning 5 ta koʻchasida avtomobillar uchun belgilangan tezlik 80 km/soatgacha oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 12.08.2025 18:18

    Poytaxtning 5 ta koʻchasida avtomobillar uchun belgilangan tezlik 80 km/soatgacha oshirilishi mumkin

    Tashabbus tirbandlik, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilgari surilmoqda.