O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 84,22 so‘mga oshdi va 12 581,97 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 39,65 so‘mga oshdi va 14 698,26 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,96 so‘mga ko‘tarilib, 157,75 so‘mni tashkil etdi.