AsosiyJamiyat

"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in 74 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida 11 avgust kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 137 nafar tadbirkor zarar ko‘rgan.

'"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in 74 mlrd so‘mlik zarar keltirdi'ning rasmi

Viloyat hokimi Zoir Mirzayevning ma’lum qilishicha, yong‘inning sababi bozor hududidagi ikki do‘kon orasidan o‘tgan elektrom simlarida yuzaga kelgan avariya bo‘lishi mumkin. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-modda 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yuritishga olgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida A blokdagi 78 nafar, S blokdagi 11 nafar va E blokdagi 48 nafar tadbirkor zarar ko‘rgan. Ularga tegishli jami 181 ta do‘kon va 76 ta bo‘sh do‘kon yong‘indan talafot ko‘rgan.

Tuman hokimligi zarar ko‘rgan 165 ta tadbirkorlik subyektini vaqtincha faoliyatini davom ettirishlari uchun bozor hududidagi 63 ta bo‘sh do‘kon bilan ta’minladi. Ularga ikki oy davomida ijara to‘lovidan ozod etildi.

Hokim Zoir Mirzayevning aytishicha, 15 avgustdan boshlab tadbirkorlar bozorning yong‘indan talafot ko‘rmagan qismidagi bo‘sh do‘konlarga joylashtiriladi, 17 avgustdan esa bozor faoliyati qayta boshlanadi. Viloyat prokuraturasi esa 40 nafar tergovchi ishtirokida voqea tafsilotlarini aniqlish va huquqiy baho berish ishlarini olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh va Turkiyada ushlangan, Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonliklar Toshkentga keltirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 21:45

    AQSh va Turkiyada ushlangan, Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonliklar Toshkentga keltirildi

    Ular soliqdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlar bo‘yicha qidiruvga berilgan.

    'Oʻzbekistonda chiqindini qayta ishlash hajmi 5 foizga etdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 20:18

    Oʻzbekistonda chiqindini qayta ishlash hajmi 5 foizga etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 17:22

    Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi

    Urg‘utda madaniyat bo‘limi rahbariga odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun jazo berildi.

    'Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 15:10

    Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi

    Avval sudlangan shaxs 6 ming quti “Esse change”ni sotish paytida ushlandi.

    'Andijonda maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etib, oyliklarini ushlab qolayotgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 14:57

    Andijonda maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etib, oyliklarini ushlab qolayotgani aytilmoqda

    Oltinko‘l tumanidagi 21-maktab o‘qituvchilari yozgi ta’til davridan qaytgach, darsga emas, balki maktab hovlisida o‘t yulish va ta’mirlash ishlariga jalb qilingan.

    '"Andijonda noqonuniy 'mayning ferma' faoliyati fosh etildi"'ning rasmi

    Jamiyat 14.08.2025 12:04

    "Andijonda noqonuniy 'mayning ferma' faoliyati fosh etildi"

    Buqoqboshi tumanida yashirin kripto-aktivlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan fuqaro va uning sheriklariga qarshi jinoyat ishi koʻzgatildi.