Bandlik vazirligi 14 avgust kuni eʼlon qilishicha, 15 avgustdan Oʻzbekiston boʻylab maktab va bogʻchalarda “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” start oladi.
Mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻqituvchi va tarbiyachilarning majburiy mehnatga jalb etilishi holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari oʻtkaziladi.
Vazirlikga koʻra, oxirgi kunlarda aniqlandigan 10 ga yaqin qonunbuzarlik holatlari boʻyicha aybdor mansabdorlarga maʼmuriy choralar qoʻllandi.
Shuningdek, tegishli idoralarga bunday holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish haqida takdimnoma kiritildi.
Avvalroq, Andijonda oʻqituvchilarning maktab taʼmiriga jalb etilgani aks etgan video tarqalgan va natijada maktab direktori ishdan olingan edi.