AsosiyJinoyat

Qashqadaryo va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi

Shahrisabz tumani FVB rahbari va Marg‘ilon shahri ta’lim bo‘limi mutaxassisi pora olgani uchun ushlandi.

'Qashqadaryo va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i haydovchi lavozimiga ishga joylashishda yordamlashishni va’da qilib, 6 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 3,5 ming dollarni olgan paytda qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida esa maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi bog‘cha ochish uchun ruxsatnoma olib berish bahonasida 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211 (pora olish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar