AsosiyDUNYO

Tramp Turkiyada: Erdoʻgʻan bilan ilk uchrashuv boʻlib oʻtdi

Tramp harbiylarga turk tilida “Merhaba, asker!” (“Salom, askar!”) deya murojaat qilgani e'tiborga tushdi.

'Tramp Turkiyada: Erdoʻgʻan bilan ilk uchrashuv boʻlib oʻtdi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp bugun, 7 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqaraga yetib keldi. U mamlakatda o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Trampni Anqara aeroportida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shaxsan kutib olgan. Ikki davlat rahbari qisqa muloqot qilgach, AQSh Prezidenti faxriy qorovul safida turgan turk harbiylari bilan ham salomlashgan.

Tramp harbiylarga turk tilida “Merhaba, asker!” (“Salom, askar!”) deya murojaat qilgani e’tiborga tushdi.

Oq uy matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, kutib olish marosimida AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak, AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker hamda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ham ishtirok etgan.

Trampning Anqaraga tashrifi Vashington va NATO o‘rtasidagi munosabatlar murakkab pallaga kirgan bir paytga to‘g‘ri keldi. AQSh Prezidenti so‘nggi oylarda alyansga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlarini oshirish masalasida bir necha bor tanqid qilib kelmoqda.

Avvalroq NATO rahbariyati bir necha milliard dollarlik yangi mudofaa loyihalarini taqdim etgan edi. Alyans Bosh kotibi Mark Ryutte mazkur mablag‘lar xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab, ularni “o‘rinli sarflangan mablag‘” deb atagan.

    Boshqa yangiliklar