AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "ommaviy janjal" xabari yolg‘on bo‘lib chiqdi — IIBB

Holat yuzasidan 4 nafar shaxsga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.

'Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "ommaviy janjal" xabari yolg‘on bo‘lib chiqdi — IIBB'ning rasmi

Yangihayot tumanida fuqarolar va doʻkon egasi oʻrtasida yuzaga kelgan mahalliy kelishmovchilik "ommaviy janjal" sifatida talqin qilinib, asossiz muhokamalarga sabab boʻldi. Holat yuzasidan 4 nafar shaxsga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Kecha, 14 avgust kuni soat 22:35 atrofida Yangihayot tumani Yangi Choshtepa mahallasida 2001 yilda tugʻilgan R.B. va 2006 yilda tugʻilgan A.F., T.A., M.A. spirtli ichimlikni doʻkondan xarid qilib, toʻlov qilmasdan ketmoqchi boʻlgan. Doʻkon egasi ularni toʻxtatgan va shu orada bahsga sabab boʻlgan mojaro yuzaga kelgan.

IIB xabariga koʻra, mazkur shaxslar jamoat joyida baqir-chaqir qilib, fuqarolar tinchligini buzgan. Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari ular bilan profilaktik suhbat oʻtkazib, ularni IIBga olib borgan.

Hech kim tan jarohati olmagan. R.B., A.F., T.A. va M.A.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:35

    'AQSh dollarining rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:30

    AQSh dollarining rasmiy kursi o‘zgardi

    Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi.

    '"FVV yonilg‘i shoxobchalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi"'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:25

    "FVV yonilg‘i shoxobchalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi"

    Murojaat fonida bir necha portlash va yong‘in holatlari qayd etildi.

    'Namanganda 473 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:28

    Namanganda 473 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

    Qoidabuzarlik natijasida davlatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

    'Soliq qo‘mitasi xatosi sabab 399,3 mlrd so‘m asossiz yechildi, pullar qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:59

    Soliq qo‘mitasi xatosi sabab 399,3 mlrd so‘m asossiz yechildi, pullar qaytarildi

    13-avgust kuni yuz bergan texnik nosozlik oqibatida 30 mingdan ortiq soliq to‘lovchidan pul yechildi.

    'Maktab va bog‘chalarda "Majburiy mehnatga qarshi haftalik" boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:45

    Maktab va bog‘chalarda "Majburiy mehnatga qarshi haftalik" boshlanadi

    15 avgustdan boshlab ta’lim muassasalarida majburiy mehnat holatlariga qarshi keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkaziladi.