Bosh prokuratura huzuridagi Departament, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida Samarqand va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aksiz markasisiz, noqonuniy tamaki mahsulotlarini saqlash va savdoga chiqarish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.
Samarqand shahri va tumanida yashovchi fuqarolar M.A. va S.M.ning xonadonlaridan umumiy qiymati 106,2 mln so‘m bo‘lgan 4 900 quti xorijiy ishlab chiqarilgan, aksizsiz tamaki mahsulotlari topildi.
Kosonsoy tumanida esa fuqaro M.A.ning uyidan 3 turdagi 3 940 quti tamaki buyumlari (qiymati 48,3 mln so‘m) saqlanayotgani aniqlandi.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddalari bilan ish ko‘zgatilib, tergov harakatlari boshlangan.