AsosiyJamiyat

Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

Banklar kesimida eng yuqori mikroqarz stavkasi TBC Bankda boʻlib, u 42,4 foizni tashkil etgan.

'Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi'ning rasmi

Markaziy bank banklar kesimida aholiga ajratilgan mikrozard va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, eng yuqori mikrozard stavkasi TBC Bankda bo‘lib, u 42,4 foizni, eng past stavka Aloqabankda kuzatilib, 21,8 foizni tashkil etdi. Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi oshib, 23,8 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikrozardlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,2 foizni ko‘rsatmoqda.

Eng maqbul stavkani “Ipoteka bank” (21,3 foiz) taklif etmoqda, eng yuqori stavka esa Infinbankka tegishli (28 foiz). Avtomobil ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tijorat banklari bilan kelishuv asosida qulay shartlardagi (masalan avtomobil narxining boshlang‘ich badal summasidan kelib chiqib) past foizli avtokreditlar taklif etishlari mumkinligi va banklarda kredit ajratish shartlarining tez-tez o‘zgarib turishi sababli, yuqorida qayd etilgan o‘rtacha foiz stavkalari va amaldagi o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasida farq yuzaga kelishi mumkin.  

    Boshqa yangiliklar