AsosiyJamiyat

Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi

1 trillion so‘m tadbirkorlar qo‘lida qoladi, xatolar uchun jazo bekor qilinadi.

'Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan dolzarb masalalarga javoban tadbirkorlar uchun soliq yengilliklari joriy etilishini ma’lum qildi.

Endilikda yiliga 10 mlrd so‘mdan kam aylanma qiluvchi korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlaridan ozod etiladi. Bu 14 mingga yaqin tadbirkorning qo‘lida 1 trillion so‘mlik aylanma mablag‘ qolishini anglatadi.

Bundan tashqari, QQS tizimiga o‘tayotgan tadbirkorlar uchun 1 yillik "yumshoq rejim" joriy qilinadi: foyda solig‘i to‘lanmaydi, hatolar uchun jarima belgilanmaydi, buxgalterlar maoshi soliqdan chegirib tashlanadi.

Eng muhimi, soliq tekshiruvlarida aniqlandgan 16 trillion so‘mlik hatolar bo‘yicha jazolar bekor qilinadi. Tadbirkorlar 1 noyabrgacha kamchiliklarni o‘zlari tuzatib, "toza sahifa"dan ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar