AsosiyDunyo

Afgʻonistonda Alisher Navoiy haykali buzib tashlandi

“Tolibon” esa hozircha bu ish yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

'Afgʻonistonda Alisher Navoiy haykali buzib tashlandi'ning rasmi

Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida Temuriylar davrida yashagan buyuk shoir Alisher Navoiy haykali butunlay buzib tashlandi. Bu haqda “Amu” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Tolibon”ning bu harakati qator ziyolilar va siyosatchilarining gʻazabini keltirib chiqargan. Ularning aytishicha, “Tolibon” nafaqat boshqa millatlarning maʼnaviy qadriyatlari va insoniyatning tarixiy faxriga eʼtibor bermayapti, balki amalda mamlakating madaniy va tarixiy oʻzligini yoʻq qilish va kamsitish bilan shugʻullanmoqda.

“Tolibon” esa hozircha bu ish yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

20 ta fuqarolik va ijtimoiy tashkilot tomonidan tayyorlangan qoʻshma bayonotda Alisher Navoiyning haykalini buzish “xalqning umumiy xotirasiga va Afgʻonistonning oʻzligiga hujum” sifatida baholangan.

Ushbu tashkilotlar xalqaro hamjamoatni, UNESCO ni, xalqaro tashkilotlarning madaniy muassasalarini va inson huquqlari himoyachilarini Afgʻoniston xalqlarining tarixiy va madaniy merosini himoya qilish uchun darhol chora koʻrishga chaqirgan.

Qayd etish joiz, haykalning buzilishi ijtimoiy tarmoqlarda ham aks sado bergan. Qobul universitetining oʻzbek adabiyoti professori Abdulhanon Qilich Arslon Facebookda bu ishni “adolatdan tashqari” deb atab, voqea boʻyicha aniqlik kiritishni talab qilgan.

Maʼlumot uchun, Alisher Navoiyning haykali taxminan 17 yil avval Mozori Sharif shahar hokimiyati tomonidan, uning xotirasini yodga olish

    Boshqa yangiliklar