AsosiySiyosat

Mirziyoyev Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Ukraina rahbari Oʻzbekiston bilan hamkorlik va doʻstona aloqalarni yuqori baholadi.

'Mirziyoyev Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 24 avgust – Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan prezident Vladimir Zelenskiyni tabrikladi.

Zelenskiy X (Twitter) sahifasida samimiy qutlov uchun minnatdorlik bildirib, ikki davot o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlar yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, u O‘zbekistonning Ukrainani hududiy yaxlitlikda qo‘llab-quvvatlagani va ukrainalik bolalarning mamlakatda dam olishini ta’minlagan insonparvarlik tashabbuslarini alohida qadrlashini yozdi.

    Boshqa yangiliklar