AsosiyDunyo

Украина ТИВ: Вуди Алленнинг Москва кинофестивали иштирокини кескин қоралади

“Bu — uyat”: Ukraina rossiyalik harbiylar qurboniga aylangan sanʼatkorlar nomidan amerikalik rejissyorni tanqid qildi.

'Украина ТИВ: Вуди Алленнинг Москва кинофестивали иштирокини кескин қоралади'ning rasmi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi amerikalik rejissyor Vudi Allenning Moskva xalqaro kino haftaligida (hatto masofadan turib) ishtirok etishini qoraladi.

“Putin tarafdorlari to‘plangan tadbirda qatnashish orqali Allen Rossiyaning 11 yildan buyon Ukrainada sodir etayotgan vahshiyiliklariga ko‘z yummoqda”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

TIV rasmiylarining fikricha, bu ishtirok Rossiya armiyasi tomonidan o‘ldirilgan yoki yaralangan ukrainalik aktyorlar va kinoijodkorlar xotirasiga nisbatan haqoratdir.

Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Maryana Betsanig ta’kidlashicha, “madaniyat jinoyatlarni oqlash vositasi bo‘lishi mumkin emas”.

Vudi Allen esa hozircha bu tanqidlar yuzasidan izoh bermadi.

    Boshqa yangiliklar