AsosiyJamiyat

Ўзбекистон ташқи савдоси 7 ойда 44,4 млрд долларга етди

2025 yilning yanvar-iyul oylarida savdo aylanmasi qariyb 20 foizga oshdi, lekin ayrim davlatlar bilan savdo keskin kamaygan.

'Ўзбекистон ташқи савдоси 7 ойда 44,4 млрд долларга етди'ning rasmi

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonning 2025 yil 7 oylik tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,37 mlrd dollarga yoki 19,9 foizga oshdi.

Eng yirik oʻzgarish – 7,7 mlrd dollarlik oltin eksporti boʻldi, bu tarixiy rekord sanaladi. Xitoy esa asosiy savdo hamkori sifatida mustahkamlanib, umumiy aylanmaning 18,2 foizini tashkil etdi.

BAA, Hindiston, Afgʻoniston va Niderlandiya bilan savdo hajmi sezilarli oshgan boʻlsa-da, Litva, Turkmaniston, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiya bilan savdo salmogʻi kamaydi.

    Boshqa yangiliklar