AsosiySiyosat

Oʻzbekiston fuqarolari davlat himoyasida

ТИВ хориждаги ўзбекистонликларнинг ҳуқуқлари кафолатланишини эслатди.

'Oʻzbekiston fuqarolari davlat himoyasida'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunlar hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq, mamakat fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lishidan qat’iy nazar, davlat himoyasida hisoblanadi.

Agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari yoki qadr-qimmati xorijda buzilsa, ular eng avvalo qabul qiluvchi davlatning vakolati huquq-tartibot organlariga murojaat qilishi kerak.

Shuningdek, ular O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga ham huquqiy va konsullik yordami so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Vazirlikning ta’kidlashicha, xorijda fuqarolarni himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu mas’uliyat davlatning o‘z fuqarolari oldidagi konstitutsiyaviy majburiyatlaridan kelib chiqadi.

    Boshqa yangiliklar